Musobaqada mamlakatimizning birichi raketkasi Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz biroz avval yakuniga yetgan 1/8 final uchrashuvida gʻalabaga erishdi. Nigina qozogʻistonlik Jibek Kulambayevani uch set natijasiga koʻra magʻlubiyatga uchratdi - 6/4, 3/6, 6/2.
Abduraimova 6 ta, Kulambayeva esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qoʻshxatolar Niginada 10 ta, Jibekda esa 11 ta tashkil etgan. Hamyurtimizning chorak finaldagi raqibasi rossiyalik Tatyana Barkova boʻladi.
Maʼlumot uchun, turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Nigina WTA reytingida 194, Jibek 488, Tatyana 771-oʻrinni egallab turibdi.