Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga koronavirusning salbiy oqibatlarini yengillashtirishga yordam beradi

    Moliya 25 Iyun 2020 4541

    Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga 500 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

    2020-yil 25-iyunda Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 500 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

    Maʼlumot uchun: 500 million dollar miqdoridagi imtiyozli qarz mablagʻlari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.

    Jalb qilinayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

    Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlarini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan Davlat qarziga xizmat koʻrsatish xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʻra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.