Suhbat chogʻida loyihalarning amalga oshirilishi va hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga oid dolzarb masalalar muhokama etildi.
Iqtisodiyotni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb etish va sanoatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar xususiy sektorda loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda sogʻliqni saqlash va suv taʼminoti sohalarida aholi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.