Ana shunday tadbirlar davomida 27, 39 va 40-umumtaʼlim maktablarida ishlovchi 3 nafar oʻqituvchi ularga fan olimpiadasining respublika bosqichi gʻolibi boʻlganliklari munosabati bilan toʻlanadigan ustama pullari toʻlanmayotganini maʼlum qildi.

Prezidentimizning 2019-yil, 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qarorida taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʻlanishi belgilab qoʻyilgan.

Oʻrganish davomida, 3 nafar oʻqituvchiga yuqoridagi Prezident qarori talablariga rioya etilmasdan, jami 163.066.058 soʻm miqdoridagi ustama pullari toʻlanmaganligi aniqlanib, ushbu pullarni undirish yuzasidan tuman XTB mudiri nomiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.