Qoidalar Havo kodeksi, fuqaro aviatsiyasini takomillashtirish va turizmni rivojlantirish bo'yicha hukumat qarorlari, shuningdek Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Havo kemalarida ko'rsatilgan xizmatlar uchun aeronavigatsiya yig'imlari Evropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta'minlash tashkilotining (EUROCONTROL) metodikasiga muvofiq hisoblanadi.

O'zbekiston aeroportlarida havo kemalariga xizmat ko'rsatish va aeronavigatsiya xizmatlari uchun yig'im va tariflar ichki va xalqaro reyslarga qarab tabaqalashtiriladi.

O'zbekiston rezidenti hisoblangan, mamlakat ichida parvozlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar uchun qonun hujjatlariga muvofiq yagona yig'im va tariflar belgilanadi.

Qoidalarda ko'rsatiladigan har bir xizmat turi bo'yicha tariflarni shakllantirish mexanizmi batafsil bayon etiladi, xususan aeroportlarda er usti xizmatlarini ko'rsatish uchun 45 turdagi yig'imlar belgilangan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 14.09.2020 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova.