Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila bugun, 19-dekabr kuni soat 10:39 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Taxor, Afgʻoniston, Toshkentdan 551 km janubiy-sharqda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4 ball, 206 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 417 km;
  • Samarqand viloyatida 3 ball, 423 km;
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 441 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 467 km;
  • Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 502 km;
  • Navoiy viloyatida 2-3 ball, 542 km;
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 550 km;
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 561 km;
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 564 km.