Maʼlumki, avvaldan Boʻston tumanidagi Guliston mahallasi, ayniqsa Uvaysiy koʻchasida istiqomat qilayotgan koʻp sonli aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan boʻlib, qishloq aholisi qariyb 20 yildan buyon ichimlik suvini uzoq masofalardan tashib kelgan. Bu esa aholiga ortiqcha ovoragarchiliklar va noqulayliklar tugʻdirayotgan edi.

Suv hayot manbai. Shu boisdan qishloq xoʻjalik klasteri rahbarlari ushbu hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasiga eʼtibor qaratdilar va Uvaysiy koʻchasida qariyb 1000 ming metrlik masofaga polietilen quvurlari yotqizilib, buning natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga erishildi. Oʻz oʻrnida bu kunlarni koʻp yillardan beri orziqib kutgan qishloq aholisi “ob-hayot” ulashganlardan minnatdor boʻldilar.

Ilhomjon TOJIBOYEV,

“Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi

paxta toʻqimachilik klasteri

matbuot xizmati xodimi