Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi 28 foizni tashkil etadi. Biroq, so‘nggi yillarda noqulay iqlim sharoitlari sababli O‘zbekiston agro ishlab chiqaruvchilari zarar ko‘rmoqda. Sovuq havo, qattiq yog‘ingarchiliklar va boshqa sabablar bilan ekinlar nobud bo‘lmoqda. Shuningdek, shamol, yong‘inlar, havo haroratining keskin o‘zgarishi, yig‘im-terim ishlari vaqtidagi ortiqcha namlik, zararkunanda va kasalliklardan ko‘rilgan zararni ham kam emas. Ushbu omillar qishloq xo‘jaligi unumdorligiga qattiq ta’sir ko‘rsatadi va agrosanoat tavakkalchiligidan sug‘urta himoyasiga alohida yondoshuvni talab etadi.
Agrosug‘urtalash sohasidagi ekspertlar konferensiya ishtirokchilariga qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirish uchun ilg‘or xalqaro tajriba va salohiyat haqida ma’lumot berdi. Hosil muhofazasi va qishloq xo‘jaligini yuritish sifat darajasini oshirish imkoniyatlarini namoyish qildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha turlari uchun sug‘urta yechimlari mavjud. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi isloh qilinyapti. «2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi»ga ham soha uchun muhim va zarur bo‘lgan «Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash» bandi kiritilgan.
Anjuman ishtirokchilari Semurg Insurance kompaniyasini O‘zbekistonda paxta va qishlovchi g‘allani sug‘urtalash bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydigan Shveytsariya, Fransiya va Germaniyaning Swiss Re, Hannover Re, Scor Re va Axis Re kabi yirik qayta sug‘urtalash kompaniyalaridir. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirliklarining vakillari, agro ishlab chiqaruvchilar, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va boshqalar ham bor.