Aholi ayrim uyali aloqa operatorlari borligi haqida hatto bexabar

    Biznes 3 Sentabr 2020 2514

    Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Oʻzbekistondagi aloqa operatorlari xizmatlari sifatini oʻrgangan chogʻida ayrim viloyatlardagi holatlar qoniqarsiz ekanligi aniqlandi.

    Xorazm viloyati misolida aytadigan boʻlsak, bugungi kunda viloyatda 479 ta mahalla mavjud. Ularning 196 ta hudud aholisi Mobiuz aloqa kompaniyasi haqida hatto bilishmaydi, qolgan 237 ta mahallada qoniqarli holatda.

    Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mutaxascisilari tomonidan Respublika miqyosida aloqa va internet sifatini oʻrganish boʻyicha jamoatchilik nazorati monitoringi oʻtkizildi.

    Unga koʻra, Uzmobile, Mobiuz, Beeline, Usell, Perfectum singari xizmat koʻrsatuvchi aloqa kompaniyalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi holat boʻyicha quyidagilar maʼlum boʻldi:

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida 238 ta MFY boʻlsa, shundan Uzmobile aloqa vositasidan 115ta MFY aholisi norozi 123 tasi qoniqarli holatda.

    Mobiuz Qoraqalpogʻiston Respublikasining bitta mahallasida mutlaqo mavjud yemas. 119 tasida esa mutlaqo qoniqarsiz 118 ta sida qoniqarli.

    Beeline kompaniyasidan 3 ta mahalla foydalanmaydi, 150 ta MFYda esa qoniqarsiz. Qolgan 85 tasida qoniqarli.

    Usell kompaniyasidan esa hududning 153 ta mahallasi norozi, 85 tasida esa qoniqarli.

    Xorazm viloyati misolida aytadigan boʻlsak, bugungi kunda viloyatda 479 ta mahalla mavjud. Ularning 161 tasida Uzmobile aloqa operatorining xizmati mutlaqo qoniqarsiz.

    196 ta hudud aholisi esa Mobiuz aloqa kompaniyasi haqida hatto bilishmaydi, qolgan 237 ta mahallada qoniqarli holatda.

    Viloyatdagi 7 ta mahallada Beeline aloqa operatoridan mutlaqo foydalanmaydi, qolgan 296 tasida qoniqarsiz, 176 ta mahallada yesa holat yaxshi.

    Perfectum aloqa operatorlari xizmatidan esa aholi norozi.

    Yuqoridagi maʼlumot shunchaki raqamlar emas, bu bizning fojiamiz aslida. Butun dunyo yoshlari allaqachon yangi kashfiyotlar ustida bosh qotirayotgan bir paytda bizning kelajagimiz deb atayotgan yoshlarimiz hech boʻlmaganda internet imkoniyatlaridan foydalana olmayapti. Yoki onlayn taʼlim biz uchun emas-mi? Bunday vaziyatga loqaydlik bilan qarab, qoʻl qovushtirib oʻtiradigan boʻlsak, katta yoʻqotishlarni boshdan kechirishimiz aniq.

    Aziza Xoʻjakeldiyeva,
    Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
    Himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
    Matbuot xizmati