“Birinchidan, 1998-yilda qabul qilingan «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun mehnat bozorining hozirgi holatini aks ettirmaydi.

Chunki soʻnggi 22 yil ichida Oʻzbekiston mehnat bozorida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi, xususan, ish bilan band boʻlganlar soni 1,5 baravarga (8,8 mlndan 13,5 mlngacha kishi), ish beruvchilar soni 4,5 baravarga (203,2 mingdan 928,9 minggacha) koʻpaydi.

Ikkinchidan, Qonunning avvalgi tahriri toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi hisoblanmaydi va hozirda samarasiz boʻlgan eskirgan norma va qoidalarni oʻz ichiga olgan.

Uchinchidan, yangi tahrirda mehnat bozorini tartibga solishning yangi instrumentlari: tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, oʻzini oʻzi band qilish, ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish, malakasini oshirish, ish stajini hisobga olishda axborot tizimlaridan foydalanish aks etmoqda».