Davlat xizmatlari agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlab kelinmoqda.

Jumladan, 2021-yilning 9 oyida Agentlik tizimiga jami 616 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 385 tasi Prezident Virtual qabulxonasidan, 3 tasi Bosh vazir qabulxonasidan, 227 tasi bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan, shundan 53 tasi “Ishonch telefon” va 1 tasi elektron pochta orqali qabul qilingan.

Kelib tushgan murojaatlarning 322 tasi qanoatlantirilgan, 258 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.

Agentlikda murojaatlarga tezkorlik bilan sifatli javob qaytarish, shuningdek, ularni qanoatlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Misol uchun fuqaro Boboqulov Hikmatning vakolatli organ tomonidan tugʻilganlik guvohnomasini olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati, Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi masʼul xodimlari aralashuvi bilan ijobiy hal qilinib, guvohnoma olib berildi.

Shuningdek, fuqaro Xurramova Oʻgʻiloyning turmush oʻrtogʻi bilan sharʼiy nikoh bilan yashab kelayotganligi sababli nikoh guvohnomasini olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati ham koʻrib chiqildi. Agentlik xodimlari tomonidan kerakli hujjatlar toʻplanib, masala ijobiy hal qilindi. Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi aholining murojaatlariga tezkorlik bilan sifatli javob qaytarilishi, shuningdek, davlat xizmatlarining koʻrsatilishi, xodimlarning muomala madaniyati tashrif buyuruvchilarning ham tilidan ham dilidan teng oʻrin egallaydi, degan umiddamiz. Davlat xizmatlari agentligining asosiy maqsadi ham aholiga turli toʻsiqlarsiz va ortiqcha hujjatlarsiz davlat xizmatlari koʻrsatishdan iboratdir. Zero, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim.

S.Egamov,

Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati

 boshqarmasi bosh maslahatchisi