Ularning hech biriga uy-joy topshirilmagan, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.
Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 47 yoshli Obid Sharipov Max-House-Group MCHJni tashkil qilib, oʻzining sheriklari — 42 yoshli Axtam Osimov va 35 yoshli Azizbek Samandarov bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan.
Taʼkidlanishicha, Sharipov MCHJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan koʻp qavatli uylardagi xonadonlarni sotishini maʼlum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun toʻlovlarni qabul qilib olgan. Ushbu koʻp qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmasdan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega boʻlmasdan, kadastr hujjatlari yoʻq boʻlgan xonadonlarni fuqarolarga sotishini bildirib, aldov yoʻli bilan juda koʻp miqdordagi pullarni oʻzlashtirib olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov jarayonida Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllandi. Gumonlanuvchilar — Samandarov va Osimov tergovdan qochib yashiringani sababli qidiruvga berildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Fuqarolardan ushbu shaxslardan jabr koʻrgan boʻlsa yoki qidiruvdagi shaxslarning qayerda ekani haqida biror maʼlumotga ega boʻlsa, poytaxt IIBBning 71−206−42−28, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishlari soʻraldi.