Bu haqda “Reuters” axborot agentligi Buyuk Britaniyaning Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokka asoslanib xabar bermoqda.

«Biz Gibraltarni, barcha hududlarimiz singari, vaksinalar bilan taʼminlaymiz. Kecha Gibraltar tegishli yosh toifasi uchun emlash dasturini yakunlagan dunyodagi birinchi mamlakat boʻlganligi toʻgʻrisida parlamentga xabar berayotganimdan mamnunman», deydi Xenkok

Gibraltar aholisi taxminan 34 ming kishini tashkil qiladi. Bu yerda yashovchi chet elliklar ham emlash dasturidan foydalanish huquqiga ega.

Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi emlash boʻyicha Yevropada yetakchilik qilmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 25 million kishi vaksina olib boʻlgan.

Buyuk Britaniya emlashlar yanvar oyi boshida boshlandi. Yevropa Ittifoqida vaksinatsiya kampaniyasiga 2020-yilning 27-dekabrida start berilgan edi.