Qayd etilishicha, bu kabi holat Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MCHJga qarashli AYOQSH faoliyatida kuzatilgan.
Shoxobcha shu yilning oktyabr oyi boshida faoliyati toʻxtatilganiga qaramay, 10, 16, 18-oktyabr kunlari jami 11,3 tonna AI-80 rusumli avtobenzin birja orqali sotib olgan, biroq benzin xaridorlarga sotilmagan.
Xuddi shu kabi holat Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “D.O.P.” MCHJga qarashli shoxobchada ham aniqlandi. 19 931 litr miqdordagi AI-80 rusumli avtobenzin asossiz saqlab turilgan. Nazorat tadbirida 20 ta 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 200 litr miqdordagi avtobenzin shoxobcha hududida saqlanayotgani maʼlum boʻldi.
Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi 5 ta AYOQSH — “S.O.757” MCHJ, “O.X.” MCHJ , “B.O.X.” MCHJlar hamda “S.” va “Sh.” xususiy korxonalarga qarashli AYOQSHlarda esa AI-80 rusumli avtobenzin narxi asossiz oshirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.