Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitim asosida, 2024-yil 21-fevralda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “AJet” aviakompaniyasiga Anqara-Toshkent-Anqara yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berildi.
Parvozlar B737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.