Ushbu vazifa ijrosi taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgani ishlar doirasida shu yilning 7-oktyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan akademik litseylar reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi va bu borada amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Ilk marotaba aniqlanadigan reyting jarayonlari haqida soha vakillari maʼlumot berish, tomonlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarish hamda takliflarini tinglash maqsadida videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va mutasaddilari hamda 68 ta akademik litsey direktorlari va oliy taʼlim muassasalaridagi masʼul prorektorlar ishtirok etdi.
— Respublikamizda mehnat bozori talablariga javob beradigan iqtidorli kadrlarni tayyorlash uchun maktablardan akademik litseylarga saralab olish hamda ushbu muassasalarda sifatni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish lozim. Buning uchun esa akademik litseylarda chuqurlashtirilgan taʼlim dasturlari asosida oʻqitish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga boʻlgan qiziqishini oshirish, “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish muhim ahamiyatga ega, — dedi inspeksiya boshligʻi Ulugʻbek Toshkenboyev. —
Xabaringiz bor, inspeksiya tomonidan soʻnggi uch yilda maktablar va oliy taʼlim muassasalari reytingi aniqlanib qilinmoqda. Quvonarlisi, ushbu muassasalarda har yili deyarli barcha sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ijobiy oʻsish dinamikasi kuzatilmoqda.
Ilk marotaba aniqlayotgan akademik litseylar reytingi ham ushbu muassasalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga, ular orasida eng yuqori va past koʻrsatkichga egalarini aniqlashga hamda litseylarda mavjud taʼlim sifati koʻrsatkichlarini aniq va shaffof baholash orqali kelgusida koʻriladigan chora-tadbirlarni belgilab olishga imkoniyat yaratadi.
Tadbir davomida inspeksiya masʼul xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan akademik litseylar reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi haqida ishtiroklariga taqdimot oʻtib berishdi.
Shundan soʻng ishtirokchilar reytingni aniqlash jarayonlarini tashkil etish va bu borada kun tartibida turgan masalalar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Oʻz navbatida akademik litsey direktorlari reyting tizimi yoʻlga qoʻyilishi litseylarni harakatga keltiruvchi oʻziga xos mexanizm vazifani oʻtashi, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligining oshishi hamda taʼlim sifati va samaradorligining yaxshilanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.