Mazkur musobaqada FVV Akademiyasi jamoasi ham munosib ishtirok etib, Akademiya terma jamoasidan faol qatnashgan 5-bosqich kursanti Xurmatillo Madazimov 75 kg vazn toifasida chap qo'lda faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan sovrindorlarga diplom va medallar tantanali topshirildi. Shu bilan bir qatorda faxrli birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan sovrindorlar
Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
O'z o'rnida Akademiya terma jamoasidan munosib qatnashib kelayotgan Xurmatillo Madazimovga kelgusi musobaqalarda omad tilab qolamiz.
Farhodjon XOJAEV,
Akademiya katta o'qituvchisi, mayor