Maʼlumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy taʼminot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan.
Sudning 09.04.2019-yildagi qaroriga asosan, qarzdor Z.X.dan undiruvchi T.X. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/3 -qismi miqdorida aliment undirish belgilangan ijro hujjati Byuroning Sh.Rashidov tuman boʻlimiga 09.04.2019-yilda kelib tushgan. Shuningdek, qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqi cheklangan.
Biroq qarzdor Z.X. 2017-yilda Turkiya davlatiga chiqib ketganligi sababli aliment pullarini undirish imkoni boʻlmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor ayol 30.12.2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga kelib, oʻziga nisbatan qoʻyilgan cheklov sabab Turkiya davlatiga chiqib keta olmagan.
Shundan soʻng, ayol farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment qarzdorlikni bir yoʻla 43 million soʻm naqd pulda toʻlab berdi.
Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qoʻyilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, ijro ishi tamomlandi.