Ayniqsa, aholi salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda alkogol va tamaki mahsulotlari yoʻnalishida ham islohotlar zarurligini taqozo etdi. 2024-yil Oʻzbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida muhim qadam qoʻyildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi foliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ayni yoʻnalishda Qonuniy talablarni kuchaytirish va nazoratni mustahkamlash uchun asos boʻldi.
Sohadagi korxonalarga litsenziyalar berish, litsenziya talablari bajarilishini nazorat qilish, yashirin aylanmalarga qarshi kurashish va sohadagi muammolarni bartaraf etish inspeksiyaning asosiy vazifalaridan etib belgilangan.
Bugungi kunda sohada 9643 ta subyektlar faoliyat olib bormoqda, bularning 3 tasi tamaki, 6 tasi spirt, 37 tasi alkogol, 23 tasi pivo mahsulotlari ishlab chiqaradi, 290 ta korxona ulgurji, 9 284 ta korxona chakana savdo bilan shugʻullanadi.
Litsenziya toʻlovlari toʻlanishi monitoring qilinib, 12,9 mlrd soʻmlik mablagʻlar undirilishi taʼminlandi.
Yashirin aylanmalarni bartaraf etish borasida 2 ta yoʻnalish ustuvor etib belgilab olingan yaʼni sohani raqamlashtirish va nazorat tadbirlarini oʻtkazish.
Ayni kunda mazkur inspeksiya raqamli texnologiyalar orqali isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash hamda bu sohada noqonuniy harakatlarni barvaqt aniqlash va sohada tizimli monitoring yutishi borasida samarali ish olib bormoqda. Sohani rivojlantirish maqsadida xalqaro standartlar joriy yilish hamda milliy qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishda takliflar berilmoqda.
Inspeksiya tashabbusi asosida 3 ta qaror qabul qilindi, 3 ta qonun hamda 16 ta qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida 5 ta yangi standart ishlab chiqildi. Yangi mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha 500 ta texnologik yoʻriqnoma tasdiqlandi. Sohaga yangi kirib kelgan 5 ta alkogol, 1 ta tamaki ishlab chiqaruvchi hamda 18 ta ulgurji korxonalarga litsenziya berildi, 24 ta yangi omborxonaga ruxsatnoma rasmiylashtirildi.
Yangi tizim alkogol va tamaki bozorini tartibga solishda shunchaki shaffoflik emas, balki tezkor monitoringni amalga oshirishda hamda sohada yashirin iqtisodiy harakatlarni oldini olishga ham xizmat qilmoqda. Inspeksiya faoliyatining tayanchi boʻlgan “ISAT” nomli axborot tizimi ishga tushirildi. Sohada doimiy nazoratni taʼminlash maqsadida ushbu axborot tizimi orqali 48 ta subyektlarning elektron hisoblagichlari, 43 ta korxonalarning videokuzatuv uskunalari hamda 132 ta spirt tashuvchi transport vositalarining “GPS Treker” qurilmalari orqali real vaqt rejimida maʼlumotlar olinishi yoʻlga qoʻyildi. 0220Ishlab chiqaruvchi korxonalarning elektron hisoblagichlar 2 380 ta plomba bilan muhrlandi.
Raqamli islohotlar bugun nafaqat sohaga oid xavflarni aniqlash imkonini, balki katta iqtisodiy samara bermoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida davlat byutjet tizimiga alkogoldan 2,3 trln va tamakidan 2,8 trln jami 5,1 trln soʻm aksiz soligʻi undirilishi taʼminlandi. Bu esa oʻtgan yilga nisbatan byudjetga 7 foizga yoki 324 mlrd soʻmga koʻp (4,7/5,1 trln soʻm) aksiz soligʻi undirilishi taʼminlandi.
Tamaki mahsulotlari xufyona aylanmasi 2024-yilda
19,6 foizdan 11,4 foizga (-8,2 foiz) tushurilgan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida 9,8 foizga qadar (-1,6 foiz) qisqartirildi.
Yashirin aylanmalarga qarshi kurashish yoʻnalishida Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor va nazorat tadbirlari natijasida jami 1493 ta noqonuniy faoliyatga barham berildi, bunda 36 ta yashirin ishlab chiqarish, 39 ta noqonuniy saqlash, 16 ta kontrabanda, 1 402 ta noqonuniy savdo faoliyatiga chek qoʻyildi.
Isteʼmolga yaroqsiz hamda inson sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan 42,2 mlrd soʻmlik 948 ming dona alkogol va spirt, 41,1 mlrd soʻmlik 964,4 ming quti tamaki mahsulotlari muomaladan olindi.
Joriy yilning 10-dekabr kuni 246-sonli Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra 2026-yil 1-aprelidan boshlab bir qator tovar va xizmatlar, xususan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish uchun toʻlovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali naqdsiz tarzda amalga oshirilishi belgilandi.
Bunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida toʻlovlarni qabul qilishga yagona QR kodli tizim ishga tushiriladi.
Mazkur yoʻnalishda Soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda alkogol va tamaki mahsulotlarini savdosini amalga oshirayotgan 11 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlarning shaxsiy kabinetiga toʻlovlar faqatgina naqdsiz tarzda amalga oshirilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborildi.
Naqdsiz sotish qoidalariga rioya etmaganlik yuzasidan javobgarlik choralarini belgilash boʻyicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, sohaga oid qonunchilik ijrosi borasida Inspeksiya tomonidan birja savdolari orqali sotilayotgan spirtning maqsadli ishlatilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatildi. 227 ta korxona realizatsiya qilingan 3,6 mln dall spirtning ishlatilishi joyiga chiqgan holda oʻrganildi.
Litsenziya talablariga rioya etilishi yuzasidan 20 ta ishlab chiqaruvchi korxonalarda tekshirishlar oʻtkazildi. Alkogolni yashirin ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan, shuningdek litsenziya shartlarini buzgan 11 ta ishlab chiqaruvchi va 46 ta ulgurji savdo korxonalarining litsenziyasi bekor qilindi. Asosiysi ushbu yoʻnalishda xavfni oldini olishda ham raqamlashtirish tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatimizda sogʻlom raqobat tamoyillarini joriy etish, biznes muhitini yaxshilash, alkogol va tamaki bozorini tartibga solishda qonun ustuvorligini taʼminlash iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim omilidir.
Dilrabo KURYAZOVA
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish
Inspeksiyasi Axborot boʻlimi boshligʻi-
Matbuot kotibi