Shifokorlarning taʼkidlashicha, turli oʻsimliklar, daraxtlar, oʻt va butalarning changlari mavsumiy allergiya yoki pollinozni keltirib chiqaradi. Aksirish, burun bitishi yoki rinoreya, koʻz qichishi va koʻp koʻz yosh ajralishi pollinoz belgilari hisoblanadi. Kasallikka qarshi kurashda shifokor retsepti bilan va retseptsiz sotiluvchi dori vositalari hamda allergen-spetsifik immunoterapiya yordam beradi. Oʻsimliklar changi maksimal qayd etiluvchi shamol esgan kunlari uyda qolish tavsiya etiladi.

Uy hayvonlarining soʻlagidagi moddalar va terisidagi yogʻ bezlari sekretsiyasiga allergiya paydo boʻlishi mumkin. Jonivor juniga allergiya paydo boʻlgan taqdirda, allergen-spetsifik immunoterapiya yaxshi samara beradi.

Chang mitalari. Bu mitti qoʻngʻizchalar choyshablar, matraslar, mebel qoplamalari, gilamlar va pardalarda yashaydi. Ular odamlar va hayvonlar terisining oʻlik hujayralari, shuningdek oʻsimliklar changi, bakteriyalar va zamburugʻlar bilan oziqlanadi. Ular namlik darajasi yuqori boʻlgan inshootlarda boʻladi.

Eng koʻp allergiya yuzaga keltiruvchi mahsulotlar sut, dengiz mahsulotlari, baliq, tuxum, yongʻoqlar, donli mahsulotlar va soyadir.