U ma'lum bir kasallik uchun asosiy biomarkerni aniqlashga qaratilgan.

Gap fosforlangan tau oqsili yoki p-tau 217 haqida bormoqda. Bemorning miyasida boshqa toksik oqsillarning to'planishi bilan uning darajasi ko'tariladi. Hozirgi vaqtda ular miyani skanerlash yoki orqa miya punktsiyasi orqali aniqlanadi. Ikkala test ham qimmat va har kim undan foydalanish imkoniga ega bo'lmasligi mumkin.

Yangi tadqiqotda o'rtacha 66 yoshli 786 kishi ishtirok etdi. Ularning sog'lig'i haqidagi ma'lumotlar 2023-yilning fevral va iyun oylari oralig'ida to'plangan. Bu vaqt davomida ba'zi ishtirokchilarda kognitiv pasayish belgilari namoyon bo'ldi, boshqalarda esa yo'q.

Yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, qon tekshiruvi beta-amiloidning yuqori darajasini 96 foiz aniqlik bilan va tau oqsilini esa 97 foizgacha aniqlay oladi. Ishtirokchilarning atigi 20 foizida test qo'shimcha tekshiruvni talab qiladigan noaniq natijalarni ko'rsatdi.

Hozirda test faqat ilmiy tadqiqotlar uchun mavjud, mutaxassislarning fikricha, u yaqin kelajakda ommaviy foydalanishga topshirilishi mumkin.

Miyadagi o'zgarishlar xotira va aqliy zaiflashuvni boshdan kechirishdan 20 yil oldin boshlanishi mumkin. Qon testi Alsgeymer kasalligini erta bosqichda aniqlash va demensiya alomatlarini kechiktirishga qaratilgan erta davolanishni boshlash imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.