Ushbu fantastik-badiiy filmda bir kinossenaristning hayotida yuz bergan kutilmagan hodisalarning ijtimoiy va psixologik tahlili aks ettirilgan.
“Alvido, ssenarist!” filmining maʼlum bir qismi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida suratga olingan boʻlib, Yangiyoʻl tumanida ham tasvirga olish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ssenariy muallifi va rejissyor Zulfiqor Musoqov, ikkinchi rejissyor Muzaffar Shodiyev, postanovkachi operator Aziz Arziqulov, film direktori Shuhrat Hamidullayev.
Rollarda Bobur Yoʻldoshev, Feruza Saidova, Nigora Karimboyeva, Farhod Abdullayev, Shahnoza Valiyeva va boshqalar.
Filmning suratga olish ishlari joriy yil noyabr oyida tugallanishi koʻzda tutilgan. Premyera esa 2021-yilning yanvar oyiga rejalashtirilgan.