Tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlarida Vazirlik va Amazon Kuiper Commercial Services LLC oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat “Project Kuiper” orqali Oʻzbekistonda sunʼiy yoʻldosh internetini joriy etishni nazarda tutadi.
Amazon Kuiper — Yer orbitasidagi (LEO) yoʻldoshlar orqali internet xizmatini taqdim etuvchi loyiha hisoblanadi.