COVID-19 bilan og'rigan odamlarda kognitiv buzilishlar, shu jumladan miyada tuman, charchoq, bosh og'rig'i kuzatilayotgani va ba'zan qon-tomirlari kasalliklari bilan og'rigani to'g'risida dalillar ko'paymoqda.

Tadqiqot davomida mutaxassislar boshoqli oqsil sichqonlarda qon-miya to'sig'idan o'tishga qodir ekanligini aniqladi. Bu, o'z navbatida COVID-19 ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusining o'zi miyaga kirish qobiliyatiga ega ekanining isboti. Ko'pincha, virus miyaga hid bilish tizimi orqali kiradi va bu sohada bezovtalikni keltirib chiqaradi. Bu koronavirusga chalingan odamlarda nafas olish qiyinlashuvining sabablaridan biri bo'lishi mumkin.