Masalan, Amir Temur shoh koʻchasi soʻnggi yetti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador koʻchaga, hududni oʻsish nuqtasiga aylandi. Lekin koʻchani 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan.
Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor koʻp qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obyektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish mumkinligi qayd etildi.
Shunday loyihalarni bank filiallari oʻrnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkin.