Bu haqda Bojxona qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon aeroportida Istanbul–Andijon reysi orqali uchib kelgan bir guruh fuqarolar bojxona xodimlarida shubha uygʻotgani sababli belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tekshiruv chogʻida uch nafar ayol tomonidan umumiy miqdori 225,3 grammni tashkil etuvchi tayyor zargarlik buyumlari ichki aʼzolariga yashirilgan holda mamlakatga olib kirishga urinish holati fosh etildi.
Qonunbuzarlik yuzasidan fuqarolarga nisbatan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Qiymati 200 million soʻm deb baholanayotgan zargarlik buyumlari esa vaqtincha saqlovga olingan.