Sogʻliqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda, tibbiy taʼlim sohasidagi ishlar, bu boradagi mavjud kamchiliklar xususida ham soʻz yuritildi.
Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutidagi korrupsion holatlar tanqid ostiga olinib, oliy oʻquv yurti masʼullariga bu borada jiddiy eʼtirozlar bildirildi.
Yakunda institut bosh hisobchisi A.Raxmonov, Kadrlar boʻlimi boshligʻi D.Nazarova, Reja-moliya boʻlimi boshligʻi A.Axmedova, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi X.Aliyev, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Q.Yusupovlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi, oʻz faoliyatida jiddiy kamchilik va qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Qolaversa, institut rektori M.Madazimovni korrupsion holatlarni yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi holat va shart-sharoitlarni bartaraf etishda qatʼiyatsizlik koʻrsatgani va korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻygani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etish boʻyicha taklif tayyorlash belgilandi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.