Joriy yilda Andijon shahri Boburshoh, Oltinkoʻl koʻchalarida gastronomik turizm yoʻlga qoʻyiladi, Andijonning Mashrab, Xoʻjaobodning Doʻstlik, Xonobodning Nurdiyor va Kelajak ovozi, Qoʻrgʻontepaning Sohibqiron va Mustaqillikning 15-yilligi koʻchalarida savdo va xizmatlar markazlari tashkil qilinadi.

Andijon tumanida Misr tajribasi asosida ishlab chiqarish va savdo markazini bir joyda jamlagan Zargarlik maxsus zonasi tashkil etilishi belgilandi. Andijon shahrida Davlat asillik palatasi filiali ochiladi.