Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna oʻgʻit chiqaradigan zavod qurilishi, Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, 1 ming 760 ta quduq atrofidagi boʻsh yerlarga 50 megavattli quyosh panellari oʻrnatib, ichimlik suvi tannarxini pasaytirish taklifi maʼqullandi.