Mazkur tadbir ushbu yigʻilishda qayd etilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Topshiriqqa binoan, joriy yilning 1-iyul kuni Andijon viloyatining Boʻston tumanida, Obod mahallasidagi “Sayyora favvorasi” MCHJ korxonasi binosida Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida Muqobil energiya resurslaridan foydalanish loyihalari, quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari va yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur koʻrgazmada quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi 20 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.