Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, viloyatdagi xususiy AYOQSHlarda neft mahsulotlarini isteʼmolchilarga sifat jihatidan toʻgʻri sotilishi boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazilyapti.
Hozirgacha jami 114 ta AYOQSHdan oʻrganilib, ulardan 33 tasida aholiga sotilayotgan AI-92, AI-95 markali benzin mahsulotlari haqiqatdan shu markali benzin mahsulotlari ekanligini aniqlash uchun belgilangan tartibda namunalar olinib, muhrlandi.
Oʻtkazilgan tahlil natijalariga acosan 8 ta AYOKSHda sotilayotgan AI-92, AI-95 avtobenzinlar davlat standarti talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Matbuot xizmati ushbu harakatlarni olib borayotgan ishchi guruhi hamkorligida har bir AYOQSHning nomi va joylashuviga aniqlik kiritish boʻyicha ish yuritmoqda.
Hozirgi kunda yana 7 ta namuna Toshkent markaziy kimyo-nazorat laboratoriyasiga tahlil uchun yuborilgan.
Bundan tashqari, viloyatdagi 48 ta AYOKSHlarda neft mahsulotlari qoldiqlari qolmaganligi sababli faoliyat koʻrsatmayotgani aniqlangan. Qolgan 33 ta AYOKSHlarda faqatgina AI-80 markali benzin sotilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.