Holat neftni qayta ishlash korxonasidagi avariya sabab yuz bergani maʼlum qilingan.
Holat 29-iyul kuni Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda oʻrganilganda “Sanoat energetika guruhi” MCHJ tomonidan neftni qayta ishlash natijasida avariya yuz bergani aniqlangan.
Boshqarmaning xabariga koʻra, Ushbu holat toʻliq bartaraf etilgan. Holat boʻyicha “Sanoat energetika guruhi” MCHJGA tegishli tartibda tekshiruv oʻtkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, tekshirish yakuni bilan tabiatga yetkazilgan zarar va taʼsir choralari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.