Mazkur holat Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida щtkazgan navbatdagi tungi reyd tadbirida aniqlangan.

Tadbirda “E.” MCHJga tegishli ishlab chiqarish sexida 33 dona mayning qurilmasi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan holda, noqonuniy foydalanib kelinayotganligi maʼlum boʻlgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga koʻra, ushbu MCHJ tomonidan tizimga yetkazilgan zarar miqdori 2,4 mlrd soʻm deb topildi.

Ayni paytda qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.