Andijonlik bitiruvchi koreyaning barcha milliy universitetlariga oʻqishga qabul qilindi

    Keyingi avlod 31 May 2021 1080

    Oʻquvchiligidanoq 3 mln soʻm maosh olayotgan andijonlik bitiruvchi koreyaning barcha milliy universitetlariga grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

    Asliddin Saminjonov Andijon viloyati, Asaka tumanidagi 36- maktabning 11-sinf bitiruvchisi. Iqtidorli oʻquvchi joriy yilda maktabni aʼlo baholarga tamomladi.

    Uch yildan buyon Asliddin Saminjonov koreys tilini oʻrganib, ayni paytda xususiy oʻquv markazda dars berib kelmoqda. Asliddin yaqinda 5-TOPik natijani qoʻlga kiritib, Koreyaning barcha milliy unversitetlariga kirish uchun grant yutib oldi.

    Bugungi kunda Asliddin 100 dan ortiq oʻquvchilarga saboq berib, 3 mln soʻm daromad topib, oilasiga ham koʻmak bermoqda.