22 dekabr kuni Аntraktidada COVID-19 ning birinchi holati aniqlandi, deb xabar bermoqda RIА Novosti Chilining “Tercera” gazetasiga asoslanib.

Infeksiya Chilining Bernardo OHiggins Riquelme ilmiy stantsiyasidan 36 kishida aniqlangan. Ulardan 26 nafari harbiylar va 10 nafari fuqarolar boʼlgan.

Kasallik aniqlanganidan soʼng bemorlar Chiliga evakuatsiya qilindi va ulardan PTsR-testi olindi. Shuningdek, stantsiya binolari dezinfeksiya qilingan va kasallanganlar oʼrniga yangi tarkib joylashtirilgan.