Bu haqda Sankt-Peterburgdagi Elizavetinskaya kasalxonasi tomonidan tashkil etilgan Ta'lim haftaligi doirasida tibbiyot fanlari doktori Ol`ga Ershova ma'lum qildi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Mutaxassis o'z ma'ruzasida qo'llar gigienasining maqsadi sterillash emas, balki ortiqcha ifloslanishni yuvib tashlash va mikroblar sonini odam uchun xavfli bo'lmagan miqdorga kamaytirish ekanligini ta'kidladi.
Hozirgi kunda qo'llar gigienasi mavzusiga katta e'tibor qaratilmoqda. Masalan, shifokorlar qo'llarini kuniga 50 martagacha yuvishlari mumkin, ammo bu sog'liqni saqlash xodimlari uchun asoslidir va ular uchun qo'llar gigienasi bo'yicha maxsus qoidalar mavjud. Ammo, pandemiya paytida antiseptiklar har bir insonning hayotiga kirdi va ko'pchilik bunga mablag'ni nazoratsiz sarflamoqda.
Shifokor ta'kidlaganidek, ko'p odamlar avval qo'llarini sovun bilan yuvib, keyin ularni antiseptik bilan tozalashadi. Mutaxassis bunday muolajani tez-tez takrorlaydiganlarda kontakt dermatiti tez rivojlanishi, uning oqibatlari juda jiddiy bo'lishi mumkinligiga e'tibor qaratdi.
Muammo shundaki, sovun va antiseptikni bir vaqtning o'zida ishlatish bilan lipid teri qatlamiga agressiv ta'sir ko'rsatiladi va suv uni yuvishga yordam beradi. Shuning uchun dastlab qo'llarini yuvib, keyin spirtli eritma bilan artgan odamlarda qo'llarning achishishi kuzatiladi, bu esa unchalik yaxshi bo'lmagan alomat.
Achishish hissi chidab bo'lmaydigan darajada bo'lsa, odamlar buning sababini aniqlashga harakat qilishadi, antiseptik ishlatishdan to'xtashadi va qo'llarini faqat yuvishga harakat qilishadi.
Mutaxassis qo'llarni yuvish kerak bo'lganda, antiseptik ishlatmaslikni maslahat beradi. Mutaxassis faqat biror shubhali sirtga tegilgan va dezinfeksiyaga ehtiyoj sezgan holatdagina antiseptikdan foydalanishni tavsiya qiladi. Antiseptik tarkibida nafaqat spirt, balki terini namlantiruvchi moddalar ham bo'lishi shart.