Apellasiya arizalari 2022-yil 7-sentyabrdan boshlab Apellasiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
Bunda 7-17-sentyabr kunlari apellasiya arizalari ko‘rib chiqilishi belgilangan 5 980 nafar talabgordan 889 nafari (14,9 foiz) ishtirok etdi. Shundan:
OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 744 nafar (4 980 nafar abituriyentdan);
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 145 nafar (1 000 nafar talabgordan).