Noqonuniy foydalanish holatlari isteʼmolchilar toifasi boʻyicha tahlil qilinganida, asosan:

- AGTKSHlarda 4 ta holatda 0,5 mlrd soʻm;

- issiqxonalarda 3 ta holatda 0,8 mlrd soʻm;

- ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 43 ta holatda 10,8 mlrd soʻm;

- umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 45 ta holatda 0,4 mlrd soʻm;

- boshqa ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 167 ta holatda 16,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.