“Moderna” biotexnologiya kompaniyasining xabar berishicha, bu vaksinaning oldingi bosqichidan ijobiy natijalar olingan. Bu jarayonga AQSH davlat byudjetidan ajratilayotgan 500 mln AQSH dollaridan tashqari, yana 472 mln AQSH dollari taqdim etiladi.

Oksford olimlarining koronavirusga qarshi vaksinasi ham sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Britaniyalik mutaxassislar ushbu sinovning ikki bosqichini sinxronlashtirishga qaror qilishdi.

— Agar ushbu tajribalarning uchinchi bosqichi ham ijobiy natijalar bilan oʻtsa, kuz faslida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyamiz, — deydi Birlashgan Qirollik sogʻliqni saqlash vazirligi.

Virusdan halok boʻlganlar soni boʻyicha AQSHdan keyingi oʻrinda turayotgan Braziliyada ham vaksinani sinovdan oʻtkazish ishlari boshlandi. San-Paulu univesiteti laboratoriyasida Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar sinab koʻrilmoqda.