Ketrin Tay xonim 2017-yildan boshlab Oʻzbekistonda mehnat sohasida katta islohotlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi.
– Oʻzbekistonning majburiy mehnatni yoʻq qilish, bolalar mehnatiga barham berish boʻyicha olib borgan ishlari AQSH tomonidan olqishlanadi, – deydi Ketrin Tay. – Shuningdek, mehnat qonunchiligini taʼminlash yoʻlidagi islohotlar uchun Oʻzbekiston tomonini tabriklaymiz.
Muloqotda 2019-yilda AQSH Oʻzbekiston paxtasini Majburiy mehnat va bolalar mehnatidan foydalanilgan holda yetishtirilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqargani, 2020-yilda AQSH tomonidan mamlakatimizga nisbatan qoʻllangan 12-yillik GCP monitoringi tugatilgani, shuningdek, 2022-yilda “Cotton Campaign” xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Oʻzbekistonning paxta mahsulotlariga eʼlon qilingan boykoti bekor qilingani katta mamnuniyat bilan qabul qilinadigan voqelik ekani qayd etildi.
Ketrin Tay xonim hozirda AQSH Hukumati ishchi-xodimlar huquqlariga ustuvorlik beruvchi yangi savdo siyosatini ishlab chiqayotganini maʼlum qildi. Shundan kelib chiqib, kelajakda majburiy mehnatni keltirib chiqaruvchi xavflarni erta aniqlash, kasaba uyushmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, mehnat inspektorlari huquqlarini kengaytirish yoʻnalishlarida hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.