Bu haqda “Dunyo” AA qildi.
Qayd etilishicha, suhbat davomida fuqarolarning saqlanish sharoitlari, sogʻligʻi, ovqatlanishi va boshqa maishiy masalalari oʻrganilib, ularga konsullik hamda huquqiy masalalar boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi. Oʻzbekistonliklarning maʼlum qilishicha, ular AQSH hududiga noqonuniy kirib kelganliklari sababli hozirda deportatsiya masalasida sud jarayonlari ketmoqda va shu munosabat bilan ular vatanga tezroq qaytishda amaliy koʻmak soʻrashgan.
Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarni qaytarish boʻyicha xorijiy tomonlar bilan muzokaralar oʻtkazishga va zarur konsullik hujjatlarini tayyorlashga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, AQSH immigratsiya siyosatidagi soʻnggi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, xorijdagi vatandoshlarga mahalliy qonunlarga qatʼiy rioya qilish va noqonuniy migratsiyadan tiyilish tavsiya etildi.
Zarur hollarda fuqarolar elchixonaning konsullik boʻlimi bilan +1 (202) 887-5300 telefoni yoki consul.washington@mfa.uz elektron pochtasi orqali bogʻlanishlari mumkin.