Hamyurtlarimizning vatanga qaytarilishi O‘zbekiston va AQShning vakolatli idoralari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlar natijasida amalga oshirildi. Jarayon doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish hamda ularning xavfsiz qaytarilishini taʼminlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirib, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarurat tug‘ilganda ularning xavfsiz vatanga qaytarilishini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlarni davom ettirmoqda.