Bosh prokuratura departamenti Matbuot xizmati AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlanganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar O.I. va X.N. oʻzaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 17 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda