Muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan O.A. fuqaro B.J.ning ishonchiga kirib, B.J. va uning turmush oʻrtogʻini tanishlari yordamida 40 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini vaʼda qiladi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda O.A. oldindan 12 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.