Erinning yuzida 13 yoshdan boshlab soqol o'sa boshlagan. Qiz undan qutulish uchun turli usullarni qo'llagan.
2018-yilda bakterial infeksiya tufayli ayol oyog'ining bir qismi olib tashgangan. Keyin u ko'z insultini boshdan kechirdi, bu esa ko'rish qobiliyatining yomonlashishiga olib keldi. Biroz vaqt o'tgach, Erin soqol olishdan charchadi va soqol o'stirishga qaror qildi. U koronavirus tufayli karantin e'lon qilingan paytdan boshlab soqol o'stira boshlagan.
38 yoshli Xanikatt ikki yildan beri soqol o'stirmoqda. Uning uzunligi allaqachon 30 santimetrga yetdi va eng uzun soqolga ega ayollar orasida rasman rekordni yangiladi. Bungacha bu maqom amerikalik 75 yoshli Vivian Uilerga tegishli bo'lib, uning soqoli uzunligi 25,5 santimetrga yetgandi, deb xabar beradi mir24.tv.