Kursda Oʻzbekiston Markaziy banki, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurash agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, boshqa vazirlik hamda idoralar xodimlari ishtirok etmoqda.

Maʼruzalarda tinglovchilar IPOni oʻtkazish jarayoni boʻyicha xalqaro tajriba, samarali bozor nazariyasi hamda kapital bozoridagi global tendensiyalar xususida batafsil maʼlumotga ega boʻladi.

Qoʻshimcha ravishda doktor U.Jannas rivojlanayotgan davlatlarda moliya bozorlarini rivojlantirish hamda pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xaqidagi mulohazalarini bildirib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Kapital bozorini rivojlantirish agentligi maʼlumotiga tayanib.