MedicalXpress maʼlumotlariga koʻra, tadqiqotchilar COVID-19ni zararsizlantirishga yordam beradigan antitanacha aralashmasini yaratdi. Tadqiqot mualliflaridan biri Devid Xoning aytishicha, bunday bemorlarning immunitet tizimi infeksiyaga kuchliroq reaksiya koʻrsatgan.
Olimlar tanani koronavirusdan himoyasini taʼminlaydigan ushbu aralashma, neytrallashtiruvchi antitanachalarning har xil turini aniqladi, bu esa COVID-19ni yana-da samarali davolashga yordam beradi.
Ogʻmaxonlarda oʻtkazilgan tajriba izolyatsiya qilingan antitanachalarning himoya xususiyatlarini isbotladi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ular oʻrganishni boshqa hayvonlar va odamlarda ham davom ettiradi.
Devid Xoning soʻzlariga koʻra, ushbu aralashmani farmatsevtlar bemorlarni davolashda, ayniqsa, kasallikning dastlabki bosqichlarida, shuningdek, uning oldini olishda ishlatishlari mumkin.