Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov professor Maykl Brodi bilan uchrashib, Fargʻona davlat universiteti xalqaro ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda samarali tadqiqotlar olib borishga tayyor ekanligini taʼkidladi.
Suhbat davomida xorijlik olim bir yarim yildan buyon Fargʻona davlat universiteti bilan ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻygani, koʻplab onlayn muloqot va seminarlarni amalga oshirganini taʼkidladi. Endilikda Fargʻona davlat universiteti olimlari, xususan, tabiiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda Markaziy Osiyodagi iqlim oʻzgarishlari haqida tadqiqotni olib borish maqsadida ekanligini aytdi.
Uchrashuvda professor M. Brodining taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi, unga bu jarayonda oliygohning yetuk salohiyatli, chet tillarini puxta oʻzlashtirgan olimlari koʻmak berishi taʼkidlandi.
Shundan soʻng xorijlik professor universitetning tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan muloqot qildi. Joriy yilning 3-11-oktyabr kunlari oliygohda, shuningdek, viloyatning turli hududlarida olib boriladigan tadqiqot ishlari xususida suhbatlashildi. Mazkur tadqiqotda Fargʻona viloyati tabiatining oʻziga xos jihatlari, suv resurslari keng tadqiq qilinib, tegishli natijalar olinishi koʻzda tutilgan.
Xalqaro olimning fakultet talabalari, magistrant va doktorantlari bilan seminar mashgʻuloti ham qizgʻin oʻtdi. Seminar soʻngida universitet olimlari va talabalar professor Maykl Brodi boshchiligida shu yilning 4-6-oktyabr kunlari dunyodagi iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan xalqaro onlayn konferensiya tashkil etishga kelishib oldilar.