Ushbu shartda har bir jamoadan 4 nafardan harbiy oshpaz AK-74 qurolidan 10 dona oʻqni 100 metr masofadagi nishonlarga qarata otdi.

Jarayon musobaqa bosh hakami polkovnik Odil Hamidov boshchiligidagi xalqaro hakamlar brigadasi hamda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlarining bevosita kuzatuvi asosida adolatli va shaffof tarzda boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimiz shaʼnini himoya qilayotgan jamoamiz aʼzosi kichik serjant Davlat Hasanov 96 ball bilan musobaqaning ushbu bahslaridagi eng yuqori natijani qayd etdi.

“Otish tayyorgarligi” bahslarining yakuniga koʻra ishtirokchilar umumjamoa hisobida quyidagi natijalarni qayd etishdi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi – 89,5 ball;

2. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi – 80 ball;

3. Rossiya Federatsiyasi – 70 ball;

4. Belarus Respublikasi – 63 ball;

5. Tojikiston Respublikasi – 21,5 ball.

Endilikda, harbiy oshpazlar taom tayyorlash borasida oʻzaro bellashadi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.