Aska A5 uchar avtomobiliga sinov parvozini amalga oshirish uchun sertifikat berildi

    Amerika fuqaro aviatsiyasi regulyatori Aska A5 uchar avtomobil prototipi uchun parvoz sertifikatini berdi, bu esa kompaniyaga uni sinovdan oʻtkazish imkonini beradi.

    A5 ham samolyot, ham avtomobilning xususiyatlarini oʻzida jamlagan.

    Uchar avtomobil toʻrt gʻildirakli boʻlib, uning saloni toʻrt kishini qulay joylashtirish imkonini beradi. Mazkur transport vositasi 5 soniyadan kamroq vaqt ichida 100 tezlikka erishish imkoniyatini beradigan elektr motorlar bilan jihozlangan.

    Uchar avtomobil 400 kilometrgacha masofani uchib oʻta oladi. A5 ning boshlangʻich narxi 789 000 dollar boʻlishi kutilmoqda, deb xabar beradi techcult.ru.